G'alaba muborak Institutimiz nomidan qatnashayotgan talabalar jamoasi 36 ta jamoa orasidan 3-o'rinni qo'lga kiritib qaytishdi! ◾️2019 yil 12-14 mart Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida "22-mart Butunjahon suv kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Suv muammosi – jamiyat muammosidir: uning yechimi hech kimning nazaridan chetda qolmasligi kerak" nomli Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda. Tanlov Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi  Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim Vazirligi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, tanlovda ishtirok etish uchun Respublika miqyosida 200 dan ortiq ishtirokchilar ro‘yhatdan o‘tishgan. Tanlovda Jizzax politexnika institutidan bir guruh faol va iqtidorli talabalar ham ishtirok etishdi hamda 3-o'rinni qo'lga kiritishdi. 

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov

[gallery ids="4872,4871,4870,4869,4868,4867"]   N