Joriy yilning 15 noyabr kuni Jizzax viloyat yong‘in xavfsizligi va Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti bilan xamkorligida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi katta leytenanti Sh. Fayziev o‘zining o‘t o‘chiruvchilar brigadasi bilan qatnashdi. Bundan tashqari kafedra mudirlari, guruh murabbiylari hamda talabalar (jami 200 nafar) ishtirok etishdi. Avtotransport fakulteti dekan muovini A. Mamadiev tadbirni ochib so‘zni viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi katta leytenanti SH. Fayzievga berdi. Mutaxassis tabdir ishtirokchilariga is gazi nima va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ma’ruzasining so‘ngida barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni ogohlikka chaqirdi. Tadbir turli xil savol javoblarga boy bo‘ldi. [gallery ids="2755,2756,2757,2758"] Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Mamadiev