Jizzax politexnika institutida 2019 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlangan “Islom Karimov: mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi” deb nomlanagan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Xolbekova Mavluda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tdi. SHundan so‘ng institut Murabbiylar kengashi raisi Xamidov Ma’ruf Prezidenti Islom Karimov hayotida barchaga, ayniqsa yoshlar uchun o‘rnak va ibrat bo‘ladigan voqealar xususida, shuningdek, biz yoshlar ham u zot yaratib bergan sharoitlar va imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz va yurtimiz ravnaqi uchun bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilishimish zarurligi xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videoroliklar yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish etildi. [gallery ids="4117,4118,4119,4120,4121,4122,4123,4124,4125,4126,4127"] Matbuot kotibi, X.Xidirov