Yuqorida ma’lum qilganimizdek , Mirzacho'l tumanida joylashgan maktablarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishiga bag’ishlangan "Harakatlar Strategiyasi" bo’yicha, Oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi bo’yicha, Prezidentimizning joriy yil 19-martda qabul qilingan 5 muhim tashabbusining joylardagi targ’iboti, ta’lim tizimidagi so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida “Master – klass” darslarini o’tishdilar. Jumladan, institutning “Servis” fakulteti dekani  J. Xamidov "Zamonaviy pedagogik ta’limni rivojlantirishning dolzarb masalalari" mavzusida, institutning "Kasbiy ta’lim" kafedrasi mudiri J. Turmatov "Yangi pedagogik texnologiyalar" mavzusida, oliy matematika kafedrasi o’qituvchisi I. Kulanov "Maktablarda matematika fanini o’qitish masalalari" mavzusida, O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar" kafedrasi o’qituvchisi X. Xidirov "Ta’limni rivojlantirishda Strategiya va beshta muhim tashabbus: mazmuni va ahamiyati" mavzularida so'zga chiqdilar. Tadbirlar Mirzacho'l tumaninig boshqa maktablarida davom etmoqda.

Институт  Ахборот Хизмати