15-16-17 oktyabr kunlari Jizzax politexnika institutining professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi Zafarobod tumanidagi maktablarda “Master-klass” darslarini o‘tkazishdi. Ushbu “master-klass” darslarida Prezidentimizning beshta tashabbusi doirasida o'qituvchilar hamda 9, 10 va 11 sinf o‘quvchilariga tushuntirish ishlari olib borildi va "Arxitektura va qurilish" fakulteti dekani, i. f. n. dots. A. Berdiqulov oliy ta’lim sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, oliy ta’limda qabul kvotalarining oshganligi, talabalarga berilayotgan imkoniyatlar, institutning moddiy texnik bazasining yanada qaytadan yangilanganligi, institutning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari haqida, "Arxitektura va qurilish" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J. O‘sarov – yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati haqida, hozirgi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatilar to‘g‘risida, "Bino va inshootlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Ubaydullaev – institutda dars o‘tish jarayonlari, ta’lim tizimidagi yangiliklar, mutaxassislik fanlarining chuqur o‘zlashtirilishi, institutda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari dars berishi yuzasidan o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.  

Институт Ахборот Хизмати