Tadbirda fakultet kafedra mudirlari yetakchi o’qituvchilari hamda nomli stipendiya sohibi bo’lgan faol talabalar hamda akademik litseyning 250 nafarga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdi. Tadbirda har bir kafedra mudirlari o’zlarining yo’nalishlari bo’yicha tabdir ishtirokchilariga to’liq ma’lumot berib o’tishdi. Tadbir so’ngida institut faoliyati haqida videorolik namoyish etildi. Tadbirdan so’ng litsey bitiruvchilari institut hayoti bilan tanishdi.