Aziz yoshlar! Jizzax politexnika instituti nomidan sizlarni bugungi bayramingiz – Yoshlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman! Yoshlar – jamiyatimizning muhim qismi ekanini eʼtirof etarkanmiz, aynan oʻsib kelayotgan avlod davlatimizning barqaror rivojlanishini, avlodlar almashinuvini taʼminlash, alal oqibat ilm-fanning oʻsishiga, iqtisodiy yutuqlarga erishishimizga, tarixiy qadriyatlarimizni saqlashga masʼul ijtimoiy qatlam ekanligini idrok etamiz. Mamlakatimiz rivojlanishining har qanday konsepsiyasini amalga oshirish ham aynan siz yoshlarning unga munosabatingizga, sizlarning fikrlash va hayot tarzingizga bogʻliq. Shu tufayli ham bugunga kunga kelib yoshlar davlatimiz va jamiyatimiz rivojlanishini taʼminlaydigan milliy manfaatimiz obyektiga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.   Aziz yoshlar, men sizlarga bugungi bayramingiz munosabati bilan Oʻzbekistonimiz ravnaqi, rivoji uchun ulkan hissalar qoʻshadigan yangi avlod boʻlib yetishishingizga, shunga bor kuchingizni sarflashingizga, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashashingizga tilakdoshman!

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov

video_2019-07-01_11-06-26