Jizzax politexnika instituti rektorining guruh sardorlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Joriy yilning 14-sentyabr kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda institutimiz rektori, moliyaviy ishlar bo'yicha prorektor, professor-o‘qituvchilar hamda barcha guruh sardorlari ishtirok etdilar. Yig'ilishda shu kunlarda ta'lim tizimida bo'layotgan o'zagarishlar(kontrakt va stipendiya masalalari) haqida batafsil ma'lumot berildi. Ko'p sonli talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga rektorning shaxsan o'zi javob berdi. Tadbir so'ngida institut rektori talabalarda murojaatlar bo'lsa, rektor qabulxonasiga yo'llashlari mumkinligini hamda barcha savollar yuzasidan javoblarni @JizPI_online rasmiy kanalida berib borilishini ta'kidlab o'tdi. Barcha guruh sardorlariga yig'ilishda berilgan ma'lumotlarni talabalarga yetkazish vazifasi yuklatildi.