18 aprel kuni Jizzax shahridagi viloyat musiqali drama teatri talaba yoshlar bilan toʻldi. Xuddi shu kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy talim muassasalarida toʻlov kontrakt asosida tahsil olayotgan, oʻzlashtirish bahosi 86 foiz va undan yuqori, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faol aʼzosi boʻlgan talabalar moddiy qoʻllab-quvvatlanib, kontrakt toʻlovining 35 foizi toʻlab berildi. Ularga Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining maxsus sertifikatlarini topshirish marosimi yuqori saviyada, ota-onalar va yoshlar faolligida oʻtdi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov