Jizzax politexnika institutida 6-may kuni professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida “Erasmus +” loyihasi doirasida hamkorlarni topish , ustuvor mavzularni aniqlash, formalarni to’ldirish va hamkorlar bilan bog’lanish masalalariga bag’ishlangan semenar-trening bo’lib o’tdi. Semenar-treningni institut ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor S.A. Tovboev kirish so’zi bilan ochdi va ma’ruzachilarni tanishtirdi. So’zga chiqqan “Logistika va Servis” kafedrasi mudiri , texnika fanlari bo’yicha PHD S.Djiyanboyev, pedagogika fanlari nomzodi , dotsent S. Usmonov va boshqalar “Erasmus +” loyiha doirasida bajariladigan ishlar bo’yicha to’liq tushuncha va tavsiflar berib o’tishdi. Uchrashuv qiziqarli hamda savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov