Amerika Qo’shma shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasida olib borilayotgan "Ful brayt" ta’lim dasturi bo'yicha Jizzax politexnika instituti bilan tuzilgan hamkorlik rejasiga muvofiq Viviana Marcel xonim Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.Tashrif doirasida institut talabalariga noan'anaviy usulda "Qanday qilib  lug'at boyliklarini internet yordamida izlash va boyitish usullari", professor-o'qituvchilarga esa "Dars davomida talabalarni qanday band qilish va nazorat etish usullari" mavzusida master-class mashg'ulotlarini olib bordi. “Xorijiy tillar” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Speaking club”  va “Duscussion” to’garaklari faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha o’z takliflarini bildirdi hamda kelgusida ham master-class mashg'ulotlarini tashkil etishga kelishib olindi.  

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov