Jizzax politexnika institutining alohida iqtidor talab etiladigan “Arxitektura” yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon asosida o‘qishga qabul qilinadi. 17-iyul kuni “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha institutda ijodiy imtihon boshlandi. Joriy yilning 19-iyul kuniga qadar davom etadigan ushbu jarayonda jami 128 nafar abituriyent qalamtasvir  va chizmachilikdan o‘z iqtidor va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi. Ijodiy imtihonlarning shaffof va ochiqlik tamoyili asosida o‘tishishini ta’minlash maqsadida onlayn translyatsiya yo‘lga qo‘yilgani sababli, institutga keluvchi ota-onalar hamda jamoatchilik vakillaring oqimi bugun yanada ko‘paygan. Ular ijodiy imtihon jarayonini bir vaqtning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyati yaratilganligidan mamnun. O‘z iqtidoriga ishongan abituriyentlarga omad yor bo‘lsin!  

                                                                                              Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov

  Quyida Jizzax politexnika institutida o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar jadvali  hamda imtihon jarayonidan lavhalar keltirilgan: