2019 yil 8 oktyabr kuni Jizzax politexnika institutida atrof – muhit muxofazasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Faollar zalida tashkil etilgan ushbu anjumanda AQSh atrof – muhitni muhofaza kilish agentligi hamda “Sonoma” texnologiya kompaniyasi tadqiqotchisi Anondo Mukherjee, Holly Miles shu bilan birga AQSh elchixonasi koordinatori Umida Boltayeva va institutning professor o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.   Anjumanda so‘zga chiqqan “Sonoma” texnologiya kompaniyasi tadqiqotchisi Anondo Mukherjee havo, uning tarkibi, ifloslanishi va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, shu bilan birga so‘ngi yillarda ilmiy tadqiqotlardan olinayotgan ijobiy natijalar xususida batafsil ma’lumotlar berdi. Shundan so‘ng AQSh elchixonasi koordinatori Umida Boltayeva AQSh da ta’lim olish istagida bo‘lgan talabalar uchun grant tanlovlar, yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, IELTS va uning foydali jihatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng anjumanda ishtirok etgan talabalar o‘zlarining barcha qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Институт Ахборот Хизмати