Institut konferensiyalar zalida  15 fevral kuni institutimiz  ma’naviyat va ma’rifat –bo‘limi, institut axborot –resurs markazi va  “Avtomobil yo‘llari” kafedrasi bilan hamkorlikda o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy  tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlab  “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondasi, o‘zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning beshta yirik asari “Avtomobil yo‘llari” kafedrasining  birinchi kurs talabalari tomonidan yoritib berildi. Tadbirda institutning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova “ Qodiriy qaytmagan uy” mavzusida yozuvchi hayoti va ijodi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga qiziqarli ma’lumot berdi. “Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida  “Avtomobil yo‘llari” kafedrasi mudiri SHavkat Erboev so‘z olib, kitobning ahamiyati, ayniqsa Abdulla Qodiriy romanlarining ahamiyati to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismiga navbat berildi.Dastlab yozuvchi to‘g‘risida uning o‘g‘li Habibulla Qodiriy yozgan “Adibni xotirlab” asarini 112-18 gurux talabasi Xudoyberdieva E’zoza  juda chiroyli tarzda yoritib berdi. 123-18 gurux talabasi Jalilov Feruz tomonidan Abdulla Qodiriyning   “O‘tgan kunlar” asari saxna ko‘rinishda talabalarga namoyish etdi. 122-18 gurux talabasi O‘ktamov Dilshod  “ Mehrobdan chayon” asarini, 111-18 guruhi talabasi Ablaev   G‘olib “ Obid ketmon” asarini , 121-18 gurux talabasi Nomozov Aziz “Diyori bakir “ asari juda chiroyli tarzda yoritib berildi.Hakamlar hay’ati qatnashchilarni baholagunga qadar zalda mushoira boshlanib ketdi.Tadbir ishtirokchilari ona, Vatan to‘g‘risida she’rlar bilan qatnashchilarni xushnud etdilar. Tadbir so‘ngida institut axborot resurs markazi, Avtomobil yo‘llari kafedrasi o‘zlarining estalik sovg‘alarini ishtirokchi talabalarga taqdim etildi. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi. [gallery ids="4296,4297,4298,4299,4300,4301,4302,4303"]  Institutning ma’naviyat va  ma’rifat bo‘limi boshlig‘i :                                                       B.Rashidova  “Avtomobil yo‘llari “ kafedrasi mudiri :                               SH.Erboev Kafedraning ma’naviy ishlari bo‘yicha ma’sul:                   D.Qosimova Axborot-resurs markazi xodimi :                                           Z.Qosimova