2018 yil 6 dekabr kuni Jizzax politexnika instituti katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X.Ravshanov, Jizzax shahar Jinoyat ishlari sudi sudyasi F.Ashirqulova va O‘zbekiston YOshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi rais o‘rinbosari X.Abduniyazovlar ishtirok etishdilar. SHuningdek, o‘zining ilmiy faoliyatini davom etdirib, munosib ravishda falsafa doktori va fan doktori ilmiy unvonlarini qo‘lga kiritgan bir guruh o‘z fanining jonkuyarlari N.Tangyarikov, O.Abdullaev, B.Nosirov va X.Holiqulovalar munosib ravishda taqdirlanishdi. Tadbir davomida o‘tgan o‘quva yili davomida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan institut professor-o‘qituvchilaridan va talabalardan bir guruhi institut rektorining FAXRIY YORLIQlari bilan taqdirlanishdilar. [gallery ids="3267,3266,3265,3264,3263,3262,3261,3260,3259,3258,3257,3256,3255,3254,3253,3252,3251,3250,3249,3248,3247,3246,3245,3244,3243,3242,3241,3240,3239,3238,3237"] Institut Matbuot kotibi Xidirov Xoshim.