Joriy yil 1 fevralь kuni institutda “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat  xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi N.Abduraxmonov. Jizzax shahar prokurori yordamchisi S.Davronov, Jizzax viloyat IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo’limi xodimi D.Karimov va Jizzax viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi A.Muxammatovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Institut professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida qonunbuzarlik, poraxo’rlik, ta’magirlik va shunga o’xshash boshqa holatlarning oldini olish borasida soha mutaxassislari ishtirokida profilaktik tadbirlar va tushuntirish ishlarini muntazam olib borish bo’yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. [gallery ids="4131,4132,4133,4134,4135,4136"] Ma’ruf Xamidov “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi uslubchisi