2019 yil 10 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti katta majlislar zalida “Korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati vilotya boshqarmasi xodimi Abduraxmonov Nusratullo ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Yig‘ilishni institut rektori Usmankulov A.K. kirish so‘zi bilan ochdi. Notiq o‘z so‘zida korrupsiyaning ijtimoiy-siyosiy jihatlari, uning salbiy oqibatlari haqid o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi. Xususan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi” tasdiqlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. E’tiborlisi, yurtboshimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham korrupsiyaga qarshi ta’sirchan mexanizmlarni  qo‘llash muhimligini yana bir karra qayd etdi. Binobarin, davlatning mazkur illatga qarshi kurashishi bo‘yicha talay samarador vazifalar belgilanib, ularni amalga tatbiq qilish uchun Prezidentimiz boshchiligida tizimli ishlar olib borilyapti. Biroq bu borada ko‘zlangan maqsadlarni faqatgina davlatning o‘zi to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarishi mushkul. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamiyatning barcha sa’y-harakatlarini birlashtirish, aholi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining davlat idoralari bilan hamkorlikda ish olib borishi, huquqiy targ‘ibot samaradorligini oshirishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Zero, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini mustahkamlash korrupsiya oldi olinishining muhim shartlaridan biri ekanligi haqida so‘zladi. SHundan so‘ng so‘z Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimi Abduraxmonov Nusratulloga berildi. U o‘z so‘zida Prezidentimizning 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori o‘z mazmun-mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab bergani alohida ta’kidladi. SHu bois barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham korrupsiyaga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, rahbar va pedagoglar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish, poraxo‘rlik, ta’magirlik, firibgarlikning mudhish oqibatlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilganligini ta’kidladi. Institut tomonidan korrupsiyaning oldini olish maqsadida qat’iy choralar ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, o‘qituvchi degan sharafli nomga dog‘ tushirib, o‘z kasbiga xiyonat qilayotganlar ham yo‘q emas. Ularning bunday xatti-harakatini kechirib bo‘lmasligi qayd etdi. Jinoyatlarning sodir etilishiga rahbar xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashmasligi, jamoa orasida ijtimoiy sog‘lom muhit shakllantirilmagani sabab bo‘layotganligi alohida qayd etildi. Yig‘ilish so‘nggida ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida uning halokatli oqibatlaridan yoshlarni ogohlantirish, bunda ta’sirchan targ‘ibot vositalaridan foydalanish, tizim xodimlari orasida esa kasbga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash, har bir noqonuniy harakat uchun jazo muqarrarligi, davlat va jamiyat oldida ma’naviy javobgarlik borligini tushuntirib borish va galdagi vazifalar belgilab berildi. [gallery ids="3783,3782,3781,3780,3779,3778,3777,3776,3775,3774"] Institut Matbuot kotibi Xidirov Xoshim.