2019 yil 24 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti tashabbusi  bilan Zafarobod tumanidagi  “Barkamol avlod” yoshlar markazining majlislar zalida tumandagi 20 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari xamda 145 dan ortik bitiruvchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida ​“Maktab – Mahalla - Oliy talim: hamkorlik va shart-sharoitlar" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Avtotransport" fakultetining dekani N.Saidaxmedova, fakultetning yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Mamadiev,  Avtomobil yo‘llari va aerodromlar kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi R.Hamraqulov, Er usti transport tizimlari kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi O.Adilov va Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Xolmatovlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar  institutimizda keyingi ikki yil davomida butun yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi islohotlar haqida, xususan, ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, o‘qituvchi kasbining mavqeini yanada ko‘tarish, bevosita joylarda, ayniqsa, qishloq joylarida o‘qituvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida, ta’lim tizimini tubdan yangilash va rivojlantirish borasida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar borasida o‘zlarining fikr-muohazalarini bildirib o‘tishdilar. Bu o‘zgarishlar shamoli bevosita Jizzax politexnika institutini ham chetlab o‘tmadi. O‘tgan yillar davomida institutda juda katta o‘zgarishlar va keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlar amalga oshirildi. Buni biz birgina institutning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish maqsadida yangi binoning ishga tushurilganligi, qaytadan kapital ta’mirlangan talabalar turar joyining foydalanishga topshirilganligi, har bir mutaxassislik bo‘yicha yangidan-yangi laboratoriyalarning paydo bo‘layotganligi haqida so‘zladilar. SHuningdek, “Avtotransport” fakulteti dekani N.Saidaxmedova fakultetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ilmiy-texnik yangiliklar, bir qator mutaxassisliklarning xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan tuzgan shartnomalari, talabalarning Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniyatlari haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar  tomonidan berilgan savollarga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan javob berildi. Tadbirda jami 145 dan ortiq bitiruvchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdilar. [gallery ids="4113,4112,4111,4110,4109,4108,4107,4106,4105,4104"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim