O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan respublikamiz bo‘ylab “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilmoqda. 10-12 oktyabr kunlari Jizzax viloyati mazkur festivalga mezbonlik qiladi. Bugun, festival doirasida Jizzax politexnika institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, O‘zbek milliy drama teatri aktyori Tolib Mo‘minov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi Alisher Safarov va boshqa mehmonlar tashrif buyurdilar. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Hamid Olimjon va Zulfiya oyligi doirasida ikki buyuk ijodkorning ijodi, namunali hayot yo‘li haqida so‘z bordi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi sanasi yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan ona tilimizga hurmat-ehtirom O‘zbekiston fuqarolari uchun ham insoniy, ham konstitutsion burch ekanligi haqida ham hayotiy fikrlar bildirildi. Quvonarlisi, Ma’naviyat festivali doirasida institutimizning O‘zbekiston tarixi va ijtimoyi fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Hoshim Xidirov va Shuhrat Turatovlar “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni va viloyat hokimi Ergash Saliyevning tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi. Ustozlarni tabriklaymiz!

Институт Ахборот Хизмати