O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-2854-sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, jizzax viloyat hokimligi  hamda Jizzax politexnika instituti ma’muriyati hamkorligida joriy yil 1 noyabr kuni institutda  yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan, atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Mangulikka daxldor siymo: SHarof Rashidov” mavzusidagi manaviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga  Hamraqulov Odiljon – SH.Rashidovning tog‘alari H.Nosirovning o‘g‘li, Rashidov SHuhratjon – SH.Rashidovning ukalarining o‘g‘li, Toshpo‘latov Inom, Xaitov Akramjon, Xaitov Alisher – SH.Rashidovning nevaralari taklif etildi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.N.Alimov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtirdi va atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidov bilan bog‘liq yorqin xotiralari bilan o‘rtoqlashishdi. SHundan so‘ng “Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i B.Rashidova so‘zga chiqib  “Xalqimizning otashqalb farzandi - SHarof Rashidov hayoti, faoliyati va ijodi”ga bag‘ishlangan mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi hamda viloyat va shahar televideniesi orqali keng yoritildi.