“O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi”da har ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi dolzarb vazifa va masalalarni muhokama qilishgan edi. Ushbu halqaro forum doirasida 150 taga yaqin hujjatlar imzolangan edi. Xususan Jizzax Politexnika Instituti bilan Moskva energetika instituti, Qozon federal universitetlari o‘rtasida  ilmiy-texnikaviy aloqalarni yo‘lga quyish, malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kadrlar almashinuvini amalga oshirish kabi hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ushbu hujjat asosida hozirda amaliy ishlar boshlab yuborilganligi hamkorlik aloqalarining yorqin kelajagidan dalolat beradi. Hamkorlik shartnomasi doirasida joriy yil 18-noyabrdan 25-noyabrgacha Moskva energetika institutining “Radiotexnik tizimlar” kafedrasining mudiri dotsent Kulikov Roman Sergeevich, “Radiotexnik qurilmalar va antenna tizimlari” kafedrasining dotsenti Mixaylov Mixail Sergeevichlar Jizzax Politexnika instituti “Radioelektronika” kafedrasiga tashrif buyurishdi. Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Jizzax Politexnika instituti rektori Usmankulov A.Q. tomonidan tasdiqlangan dastur asosida Moskva energetika dotsentlari JizPI ning 221-222-16, 319-320-17 RQ va T yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib borishdi. 2018 yil 21-noyabr kuni esa ikkala institut olimlari va institutimizning iqtidorli talabalari ishtirokida qo‘shma seminar tashkil etildi va o‘tkazildi.  Seminar  ishini “Radioelektronika” kafedrasi mudiri Sergey Sattorov olib bordi. Qo‘shma seminar ishida Moskva energetika instituti olimlari,  JizPI ning “Radioelektronika”, “Metrologiya  standartlashtirish va sertifikatlashtirish”, “Elektroenergetika”, “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedralari professor –o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Qo‘shma seminarda dotsentlar Kulikov R.S., Mixaylov M.S. lar tomonidan radiotexnik tizimlar, elektronika va avtomatika soxalarining eng zamonaviy muommolari, robototexnik kurilmalarni elektromagnit to‘lqinlari yordamida boshqarish tizimlari haqida Moskva energetika institutining tarixi,  o‘qitish tizimi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. SHuningdek radioavtomatik  tizimlarni boshqarishda kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha laboratoriya ishlari namoyish etildi. Qizg‘in munozaralar, savol- javoblar asosida o‘tgan qo‘shma seminar ishtirokchilarni, xususan iqtidorli talabalarni ilm sarhadlarini egallash yo‘lida qo‘yilgan dadil qadamlari bo‘ldi “Radioelektronika” kafedrasida Moskva energetika instituti olimlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan innovatsion ta’lim texnologiyasi, do‘stona amaliy aloqalarni o‘rnatilishi talabalarimizning yorqin kelajagi uchun xizmat qilmoqda. [gallery ids="3047,3048,3049,3050,3051,3052,3053"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim