...

30 Apr

Umumxalq xayriya hashari tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.

#live #fotogalereya

Umumxalq xayriya hashari tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumki, hukumatning tegishli farmoyishiga (199–F, 26.04.2022-y.) ko‘ra, 2022-yil 30-aprel kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazish belgilangan.

Jizzax politexnika instituti jamoasi tomonidan ham hashar faollik bilan tashkil etilib, hashar doirasida hududda belgilangan reja asosida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘rkamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, institutdagi fakultetlarga biriktirilgan mahallalardagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi yolg’iz keksalar holidan ham xabar olinib, hovlilarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

Bugun 30-aprel kuni institutdagi fakultetlarga biriktirilgan mahallalardagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi yolg’iz keksalar holidan ham xabar olinib, hovlilarda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Tasvirlarda Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti biriktirilgan mahallalarda olib borilgan obodonlashtirish ishlarini ko’rishingiz mumkin.

Fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G.Soatova hamda fakultetning faol talaba-yoshlari tomonidan mohi Ramazon oyi munosabati bilan fakultetga biriktirilgan «Uchariq» MFY Oqrabot ko’chasi 17-uyda yolg’iz istiqomat qiluvchi Soliyeva Zuxra aya holidan xabar olinib, hovlisida obodonlashtirish ishlari olib borildi.