Jizzax politexnika instituti rahbariyati hamda xalqaro "INTRAS" loyihasi a’zolari va Transport vazirligi hududiy Jizzax viloyat boshqarmasi vakillari Avstriya davlatining Klagenfurt Alpen-Аdra universitetida navbatdagi konsortsium yig‘ilishida qatnashmoqdalar. Evropa Ittifoqi davlatlaridan Polshaning Gdansk texnologiyalar universiteti, Slovakiyaning Jilin universiteti hamda Avstriyaning Klagenfurt Alpen-Аdra universiteti bilan imiy-tadqiqot va o‘zaro hamkorlik aloqalari tuzildi.
Jizzax Politexnika Instituti hamda Yevropaning yetakchi universitetlari hamkorlikda Evropa Ittifoqining granti doirasida "Intellektual transport tizimlari" bo‘yicha yangi magistratura mutaxassisligi ochilishi rejalashtirildi va bu sohada ko‘pgina kelishuvlarga erishildi.
2020-yil iyun oyida Jizzax politexnika institutiga Yevropa universitetlaridan 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilar kelishi kutilmoqda.