Jizzax politexnika instituti rahbariyati,  xalqaro "INTRAS" loyihasi a’zolari va Transport vazirligi hududiy Jizzax viloyat boshqarmasi  vakillari Avstriya davlatining Klagenfurt Alpen-Adra universitetida navbatdagi konsortsium yig‘ilishida qatnashmoqdalar. Evropa Ittifoqi davlatlaridan Polshaning Gdansk texnologiyalar universiteti, Slovakiyaning Jilin universiteti hamda Avstriyaning Klagenfurt Alpen-Adra universiteti bilan imiy-tadqiqot va o‘zaro hamkorlik aloqalari tuzildi.

 

Jizzax Politexnika Instituti hamda Yevropaning yetakchi universitetlari hamkorlikda Evropa Ittifoqining granti doirasida "Intellektual transport tizimlari" bo‘yicha yangi magistratura mutaxassisligi ochilishi rejalashtirildi va bu sohada ko‘pgina kelishuvlarga erishildi. 2020-yil iyun oyida Jizzax politexnika institutiga Evropa universitetlaridan 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilar kelishi kutilmoqda.

Институт Ахборот Хизмати