17 yanvar kuni Jizzax politexnika institutida “Avtotransport” fakulteti tomonidan institutning Katta majlislar zalida Jizzax shahrida joylashgan 29 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Oliy ta’lim rivojlanishi: yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘.G‘.Egamnazarov va Avtotransport fakulteti dekani N.I.Saidaxmedova ishtirok etishdilar. Tadbirda so‘z olgan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G‘ayrat G‘aybullaevich institutimizda keyinga ikki yil davomida yaratilgan shart-sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdilar. Jumladan, institutimizda yaqinda bo‘lib o‘tgan “Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi” natijasida imzolangan shartnomalar haqida so‘zladilar. Xususan, joriy yildan boshlab institutimizda “2+2”, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalar, Evropada joylashgan ilg‘or institutlar bilan hamkorlik aloqalari haqida o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdilar. SHuningdek, “Avtotransport” fakulteti dekani Nodira Saidaxmedova fakultetda amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlar, yangiliklar, talabalarga har tomonlama yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Tadbirdan so‘ng o‘quvchilar institutdagi yangitdan yaratilgan labarotoriyalar va maxsus jihozlangan o‘quv xonalari bilan tanishishdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan javob berildi. Shundan so‘ng qatnashchilarga institutning “Bunyodkor yoshlar” gazetasi tarqatildi. Tadbirda jami 220 dan ortiq bitiruvchi sinf o‘quvchilari va kollej talabalari ishtirok etishdilar. [gallery ids="3986,3985,3984,3983,3982,3981,3980,3979,3978,3977,3976,3975,3974,3973,3972,3971"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim