Xabaringiz bor, haftaning juma va shanba kunlari  “Avtotransport” fakultetida« Sport kunlari» deb e’lon  qilingan. Shu munosabat bilan  bugun, 18 oktyabr kuni oliygohning sun’iy qoplamali maydonida “Avtotransport” fakulteti 1-bosqich talabalaridan iborat jamoalar o’rtasida sportning qo‘lto‘pi turi bo‘yicha musobaqalariga start berildi.  Musobaqalar jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilaridan iborat hakamlarning hushtagi chalinishi bilan boshlandi. Musobaqa qiziqarli bahslarga boy bo’ldi. Musobaqa yakunida 141-19, 112-19 va 122-19 guruhlarining  jamoalari musobaqaning  final bosqichiga yo‘l oldi. Final ertaga  14:00 da bo‘lib o‘tadi.

Институт ахборот  хизмати