Jizzax politexnika Instituti Respublikamiz va Jizzax viloyati xalq xo’jaligining turli tarmoqlari uchun mutaxasis kadrlar tayyorlab beruvchi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi farmoni va Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 11 martdagi qaroriga asosan tashkil qilingan. Institut shu kunga qadar Respublikaga, shu jumladan Jizzax viloyatining juda ko’plab sanoat korxonalariga va tashkilotlariga 20 mingdan ziyod malakali muxandis, quruvchi, iqtisodchi, muxandis texnolog, muxandis ekolog va muxandis pedagoglar tayyorlab berdi. Shulardan 70 nafar yosh mutaxassis kadrlar professor o’qituvchi va institutning boshqaruv tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda. Har yili Jizzax politexnika institutiga mingdan ortiq abiturientlar talaba bo’lish orzusida hujatlar topshirishadi. Joriy yilda ham institutga o’n olti mingdan ortiq abituriyentlar xujjat topshirishdi va shundan bir ming to’rt yuz yigirma to’rt nafardan ortiq yoshlar talaba bo’lish baxtiga musharraf  bo’lishdi.  2019-2020 o’quv yili uchun qabul qilingan talaba yoshlarni institutdagi mavjud imkoniyatlar, shu bilan bir qatorda talaba yoshlar uchun yaratilgan shart sharoitlardan to’g’ri va oqilona foydalanishlari uchun ularga ko’nikmalar berish maqsadida Jizzax Politexnika institutining "Arxitektura va qurilish" fakulteti va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Jizax viloyat kengashi tashabbusi bilan “Orientation week 2019” loyixasi tashkil etildi. Olti kun davom etgan ushbu tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad , birinchi bosqich talabalarini instituga moslashuv jarayonini to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir. Ushbu loyihada ishtirok etish istagini bildirgan ko’ngilli institutning faol va iqtidorli talabalariga 1-kursga qabul qilingan fakulitet guruhlari biriktirildi. Tadbirning birinchi kunidanoq “Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon” shiori ostida mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 8 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida” gi qarorida ilgari surilgan g’oyalar xususida, bundan tashqari O’zbekiston Respublikasida 2016-2019 yillar davomida amalga oshirilgan islohotlar jamiyat hayotidagi yangiliklar, o’zbekiston xalqining milliy g’oyasi xususida institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Egamnazarov G’, ilmiy ishlari bo’yicha prorektori Tovabayev S, ma’naviyat ishlari bo’yicha prorektori Alimov N va yoshlar ittifoqi faollari  1-kurs talabalari bilan suhbatlashishdi.   Suhbatdan so’ng loyiha qatnashchi (volontyor)lari 1-kurs talabalariga O’zbekiston Respublikasining turli hududlarida barpo etilgan diqqatga sazovor joylar ma’naviyat va madaniyat maskanlari aks ettirilgan video roliklar taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirning ikkinchi kunida esa qatnashchi (volontyor)lar fakulitetlar, o’quv binolari, yozgi va kuzgi sport zallari hamda maydonchalari, kutubxona, oshxona, yotoxonalar va u yerdagi sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berishdi. Shundan so’ng 1-kurs talabali loyiha qatnashchi (volontyor) lari bilan Sh.Rashidov bog’i, H.Olimjon va Zulfiya muzeyi, O’rda ekologik bog’i va viloyat axborot resurs markazlariga tashrif buyurishdi. Tadbirning uchinchi kunida institutning o’quv ishlari bo’limi boshlig’i Ko’chimov A va barcha guruh murabbiylari talabalar akademik hayotiga oid taqdimot, baxolash tizimi, oraliq, yakuniy nazorat imtixonlari o’tkazish tartibi, qayta topshirish tartibi, talabalar o’qishini ko’chirish tartibi, ilmiy faoliyat va maqolalar yozish tartibi hususida o’quvchilarning barcha savollariga javoblar berishdi. Savol javoblardan iborat qizg’in suxbattdan so’ng talabalar,  yoshlar innovatsiya markziga tashrif  buyurishdi va u yerda Jizzax shaxar hokimi o’rinbosari Suyun Silliyev, Yoshlar ttifoqi viloyat kengashi raisi Dilmurod Xudoyshukurov, viloyat kengashi raisi o’rinbosari Shohida Damanova , Beruniy va Islom Karimov  stipendiyasi soxiblari bilan mahorat darslari tashkil qilindi. Mahorat darslari  juda qizg’in va ko’tarinki kayfiyatda olib borildi. So’z olganlar o’zlarining talabalik yillari, erishgan yutiqlari kelgusidagi maqsad va intilishlari haqida to’lqinlanib gapirib berishdi. Bu esa talabalarni yanada o’z ustilarida tinmasdan izlanish va intilisahlariga , ertangi kunga bo’lgan ishonch,  g’ayrat va shijoatini oshirishga  turtki bo’la oldi desak mubolog’a bo’lmaydi. Barcha sportga qiziqadigan va doimiy sport bilan shug’illanib yurishni odat qilgan talabalarimizning orziqib kutgan kun ham juda maroqli bo’lib o’tdi. Ya’ni loyihaning ohirigi kuni 1 – kurs talabalari o’rtasida sport musobaqasi o’tkazildi. Har bir yo’nalishdan fudbol guruhlari tuzilib sportda ham o’zlarini iqtidorlarini  ko’rsata olishdi. Va aynan shu kuni “Orientation week 2019” loyihasi yopilish ham bo’lib o’tdi.Unda eng yuqori ball bilan davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan talabalar va ularning ota-onalariga maxsus tashakkurnomalar berildi. Shu bilan birga loyihada qatnashgan volontyorlar ham sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Shundan so’ng maxsus orkestr va institutning badiiy jamoasi o’zlarining kuy qoshiqlari va chiqishlari bilan yig’ilganlarni yanada shod etdi.