Bugun respublikamizning barcha oliygohlarida ilk marta "Oweek" loyihasining birinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi. Jumladan, Jizzax politexnika institutida ham loyihaning birinchi kuni ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Institutimizda haftalik 7 kun davom etishi rejalashtirilgan. Rasmda: "Arxitektura va qurilish" fakultetida "Oweek" loyihasining ilk kuni hamda  loyiha bo'yicha fakultetda davom etayotgan tayyorgarlik jarayonidan lavhalar aks etgan.