E'lonlar

">

O‘ZARO ANGLASHUV MEMORANDUM IMZOLANDI.

O‘ZARO ANGLASHUV MEMORANDUM IMZOLANDI.

2018 yil 18 dekabr kuni Jizzax politexnika institutiga hamkorlik aloqalarni o‘rnatish, o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash maqsadida Kazan milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti rektori YUshko Sergey Vladimirovich, Kazan milliy tadqiqotlar texnologiya universitetining loyihalar boshqaruvi direktori - Ovsienko Lyubov Vasilevna va universitet rektorining maslahatchisi-Muratov G‘ayrat Xasipovichlar tashrif buyurdilar. Jizzax politexnika instituti rektori Usmankulov A.K. so‘zga chiqib, institut konferensiyalar zaliga yig‘ilgan viloyat tatar milliy madaniy markazi rahbariyati, institut professor-o‘qituvchilari, viloyat kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, shahar maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilariga memonlarni tanishtirib o‘tdi. Uchrashuv mobaynida universiteti rektori YUshko Sergey Vladimirovich so‘zga chiqdi va Kazan milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti imkoniyatlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Tataristonda o‘qish, malaka oshirish, stajirovka va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish masalalari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Universitet rektori YUshko Sergey Vladimirovich yig‘ilish davomida kasb-hunar kollejlari va maktab bitiruvchilari bilan savol javoblar o‘tkazdi. Konferensiyalar zalidagi ushbu yig‘ilishda Kazan milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti magistrantlari ham ishtirok etishdi. Ushbu magistrantlar Jizzax viloyati vakillari bo‘lishib, universitetda 20 dan ortiq  magistrantlar va 200 dan ortiq O‘zbekistonlik bakalavrlar tahsil olayotganligini aytib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari institutning kichik majlislar zaliga chiqishib, institutning fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida ikki tomonlama hamkorlik aloqlarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar yakunida Kazan milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti rektori YUshko Sergey Vladimirovich va Jizzax politexnika instituti rektori Usmankulov Alisher Kadirkulovichlar ikkala oliy ta’lim muassasining hamkorlik aloqalarni o‘rnatish va yanada yuksaltirish uchun O‘ZARO ANGLASHUV MEMORANDUMIni imzolashdilar. O‘zaro anglashuv memorandumiga ko‘ra kelgusi yildan boshlab Jizzax politexnika institutida qo‘shma fakultetlar ochish, talabalar va magistrantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha bandlar ko‘zda tutilgan [gallery ids="3425,3426,3427,3428,3429"]   Jizzax politexnika instituti Matbuot kotibi Xidirov Xoshim

TASHKILOT

Jizzax Politexnika instituti axbarot texnologiyalar markazi.

  • dgpi_info@edu.uz
  • +8(372) 2264605
  • JIZZAX SHAXRI ISLOM KARIMOV KO’CHASI 4 UY

Ulashish