O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son qarori ijrosini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarni mamlakatimizning turizm maskanlari bilan tanishtirish maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Tourism challenge (Turizm chorlovi) tanlovi elon qilingan edi. SHu munosabat bilan Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti 314-18 ESBKI va T yo‘nalishining 17 nafar talabalari va guruh rahbari Karimova G.B. joriy yilning  23-24  aprel kunlari yurtimizning boy tarixiy maskanlaridan bo‘lgan Buxoro viloyatiga sayohatlari tashkil etildi. Sayohat davomida qadim Buxoro shaxrining diqqatga sazovor joylarini hamda Buxoro viloyatida joylashgan buyuk zodlarning maskanlarini ziyorat qilishdi. Bundan tashqari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Tourism challenge (Turizm chorlovi) tanlovida faol qatnashish maqsadida O‘zbekiston YOshlar ittifoqi Buxoro viloyat bo‘limiga tashrif buyurishdi. U erda etakchi rahbarlari bilan suxbat uyushtirilibtanlov qoidalari hamda Buxoroning boy tarixga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Suxbat davomida buxorolik yoshlar bilan fikr va mulohaza almashib, o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan savollarga etarlicha javob olishdi. Sayoxat so‘nggida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Tourism challenge (Turizm chorlovi) tanlovi bo‘yicha o‘rnatilgan O‘zbekiston xaritasining Jizzax uchun belgilangan joyiga milliy bayrog‘imizni qadab qaytishdi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov

[gallery ids="5405,5406,5407,5408,5409,5410,5411,5412,5413,5414"] Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini:                             J.SHamshiev