26-fevral kuni soat 11:00 da institut Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida tashkil etilgan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" shiori ostida "O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI TARIXI" nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirda kirish so'zi Jizzax politexnika instituti rektori Usmankulov Alisher Kadirkulovichga berildi. Shuningdek, institut Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti raisi M. Tojiboyev, "O'zbekiston tarixi" kafedrasi katta o'qituvchisi M. Xolbekova, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i B. Rashidovalar so'zga chiqdilar.    [gallery ids="4285,4284,4283"] Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov