2019-yil 19-iyul kuni Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Madjidov Inomjon Urishevich tashrif buyurdi. Tashrif avvalida Vazir I.Madjidov joriy yilgi abituriyentlar imtihoni bo’lib o’tadigan Jizzax viloyat Olimpiya zaxiralari kollejida tayyorgarlik jarayoni bilan tanishib, o’z taklif va tavsiyalarini berdi. Shundan so’ng, Vazir I.Madjidov O’zbekiston milliy universitetining Jizzax filialiga va Jizzax davlat pedagogika institutiga ham tashrif buyurdi. Viloyatdagi oliygohlar holati bilan yaqindan tanishdi, yo’l qo’yilayotgan kamchilliklar va yo’lga qo’yilishi zarur bo’lgan ishlar bo’yicha o’zining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdi va ko’rsatmalar berdi. Tashrif davomida Vazir I.Madjidov viloyat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim berish jarayonlari va o’quv-laboratoriya xonalarining jihozlanish holatlarini ko’zdan kechirdi va talabalarga bilim berishda innovatsion texnologiyalardan yanada kengroq foydalanish, kerakli va qo’shimcha laboratoriya jihozlarini sotib olish va undan samarali foydalanish yo’nalishida ko’rsatma va tavsiyalar berdi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov