Joriy yilning 21 sentyabr kuni "Yoshlar innovatsion markazi"ning faollar zalida viloyatimizda ijtimoiy ma’naviy muhit hamda radikalizm va mutaassiblik, Jamoat joylarida, xususan, ta’lim muassasalarida kiyinish madaniyati, yoshlar tarbiyasi, internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, maktab va oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining navbatdagi “Yoshlar press klubi” o‘tkazildi.

“Yoshlar press klubi” da Jizzax politexnika institutining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor N.Alimov, professor-o‘qituvchilar,matbuot kotiblari xamda talabalar ishtirok etishdi.