O'zbekiston yoshlar ittifoqining Respublika Oliy ta'lim muassasalari yetakchilar Kengashi raisi Miraziz Mirsultonov Jizzax Poletexnika institutiga tashrif buyurdi. Yoshlar ittifoqi talaba yoshlarni o'z atrofida qanchalik birlashtira oldi, yoshlar yetakchisining olib borayotgan targ'ibot- tashviqot ishlari qay darajada amalga oshirilmoqda, talabalar uchun ajratilgan xonalardagi sharoitlar bilan tanishmoqda. Boshlang'ich tashkilot o'z faoliyatida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab -quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.