Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


Islom Karimov: mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi

Jizzax politexnika institutida 2019 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlangan “Islom Karimov: mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi” deb nomlanagan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Xolbekova Mavluda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tdi.

Yaratildi: Yanvar 30, 2019 2:14 da Bo'lim: Davra suhbatlari,Yangiliklar

“MAKTAB – MAHALLA – OLIY TA’LIM: HAMKORLIK VA SHART-SHAROITLAR»

2019 yil 24 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti tashabbusi  bilan Zafarobod tumanidagi  “Barkamol avlod” yoshlar markazining majlislar zalida tumandagi 20 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari xamda 145 dan ortik bitiruvchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida ​“Maktab – Mahalla – Oliy talim: hamkorlik va shart-sharoitlar» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yaratildi: Yanvar 24, 2019 4:25 da Bo'lim: Uchrashuvlar,Yangiliklar

“INNOVATSIYALAR, RATSIONALIZATORLIK VA MALAKALI KADRLAR – BARQAROR RIVOJLANISH KAFOLATIDIR”

Jizzax politexnika institutida 2019 yil 22 yanvar kuni harbiy qism va talabalar, o‘quvchilar hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida “Innovatsiyalar, ratsionalizatorlik va malakali kadrlar – barqaror rivojlanish kafolatidir” shiori ostida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Yaratildi: Yanvar 24, 2019 4:16 da Bo'lim: Ilmiy yangiliklar,Yangiliklar

“HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!”

23  yanvar kuni Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirga Viloyat IIB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi, voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Mirzabek Toshxo‘jaev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Ibodovlar taklif etildilar. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari. Jami 240 nafar ishtirokchi qatnashdilar.

Yaratildi: Yanvar 24, 2019 4:07 da Bo'lim: Davra suhbatlari,Yangiliklar

​“OLIY TALIMGA YUL  MAKTAB OSTONASIDAN»

19 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti tashabbusi  bilan Paxtakor tumanida joylashgan 31 maktabda tumandagi 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari xamda 150 dan ortik bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Maktab talimi va oliy ta’lim: uzviy alokalar va imkoniyatlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yaratildi: Yanvar 24, 2019 4:03 da Bo'lim: Rasmiy tashriflar,Yangiliklar

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar