Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть


Yangiliklar


Akademik innovatsiyalar fondi tanlovi

Akademik innovatsiyalar fondi (AIF) tomonidan “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash” loyihasi doirasida  “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish” maqsadida tanlov e’lon qilingan bo‘lib, joriy yilning boshidan xujjatlar qabul qilinishi boshlanadi. Tanlov quyidagi ikki yo‘nalishda olib boriladi:

  1. “Oliy ta’lim muassasining ishlab chiqarish bilan hamkorligini kuchaytirish”.
  2. “Oliy ta’lim muassasasida dars berish amaliyotini va o‘qitishni takomillashtirish”

 

Yaratildi: Yanvar 19, 2018 4:49 da Bo'lim: Ilmiy yangiliklar

Yunesko loyihasi

2018-2019 yillar uchun YUNESKO Qatnashuv dasturi doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha takliflar qabul qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qilamiz.

Qatnashuv dasturi bo‘yicha loyiha byudjeti YUNESKO tashkilotining ustuvor yo‘nalishlariga hamohang 26000 AQSH dollari miqdoridan oshmasligi va quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olishi lozim:

  • -ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish;
  • -nashrlarni chop etish;
  • -uskunalarni sotib olish;
  • -o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazish.

Tanlovga loyihalar 2018 yilning 1 fevral kuniga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 267-05-42, 267-05-61 YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.

17-k-ilova

Yaratildi: Yanvar 19, 2018 4:31 da Bo'lim: Ilmiy yangiliklar

“MEN SENI SEVAMAN  VATANIM ONAM!” mavzusida o‘tkaziladigan tadbiriga taklif etadi

ASSALOMU ALAYKUM!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Jizzax politexnika instituti xotin-qizlar qo‘mitasi b.t ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, axborot – resurs markazi  hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti  hamkorlikda sizni 14-yanvar “VATAN HIMOYACHILARI KUNI” bayrami munosabati bilan samimiy tabriklaydi, hamda “MEN SENI SEVAMAN  VATANIM ONAM!” mavzusida o‘tkaziladigan tadbiriga taklif etadi.

Tadbir 2018 yil 31 yanvar kuni  soat 11:00da  YUnus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida o‘tkaziladi.

Institut xotin-qizlar 

qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti

Yaratildi: Yanvar 19, 2018 9:22 da Bo'lim: E'lonlar

DJIYANBAEV SIROJIDDIN VALIEVICHNING FALSAFA DOKTORI (PHD) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON

DJIYANBAEV SIROJIDDIN VALIEVICHNING FALSAFA DOKTORI (PHD) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON

  1. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida yangi kompozitsiyali reduktor surkov moyini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08–Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).

Yaratildi: Yanvar 11, 2018 5:33 da Bo'lim: Ilmiy e'lonlar

TURAKULOV OLIM XOLBUTAEVICHNING FAN DOKTORI (DSC) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON

TURAKULOV OLIM XOLBUTAEVICHNING FAN DOKTORI (DSC) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON

  1. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Yaratildi: Yanvar 11, 2018 5:33 da Bo'lim: Ilmiy e'lonlar

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar