O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusining institutdagi ijrosi, talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida institutda talabalar o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish rejalashtirildi. 2019 yil 19-aprel kuni “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi talabalari o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda kafedradagi 321-18 QXMS va DIT, 322-18 QXMS va DIT,  330-17 QXMS va DIT,  329-17 QXMS va DIT, guruxlari jami 4 ta jamoa ishtirok etishdi. Tanlovda institutning murabbiylar kengashi raisi Xamidov Ma’ruf, “Sanoat texnologiyalari” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini SHamshiev Ja’far, “QXMQI” kafedrasi mudiri Qo‘ychiev Odil, “QXMQI” kafedrasi assistenti Ergashev Baxtiyorlar hakamligi bo‘lib o‘tdi.  Natijalarga ko‘ra 321-18 QXMS va DIT, 330-17 QXMS va DIT, 322-18 QXMS va DIT guruxlari fakultet bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdilar.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov

  

[gallery ids="5312,5313,5314,5315,5316,5317"] ”QXMQI” kafedrasi katta o‘qituvchisi:                               Norqulova Z.T.