Bugun Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda ko'plab xalqaro mehmonlar ishtirok etdilar. Festival to'g'ridan-to'g'ri efirda olib berildi. Festivalni institutimizdan ham 100 ga yaqin talabalar hamda professor-o'qituvchilar tomosha qilishdi. PS. Butunjahon hunarmandlar festivali har ikki yilda bir marta Qoʻqon shahrida oʻtkazilishi milliy hunarmandchilik va turizmni rivojlantirishda qutlugʻ qadam boʻldi. Keyingi yillarda anʼanaviy koʻrinish olishi kutilayotgan festival jahon miqyosida turistlarni eng koʻp jalb etadigan xalqaro anjumanlardan biriga aylanishini taʼminlaydi.