"QVZ" ko'rik-tanlovining 2019-yilgi mavsum hududiy saralash bosqichi 22-iyun kuni 15:00 da Jizzax  viloyat musiqali drama teatrida bo'lib o'tdi. Unda Jizzax politexnika institutining "Yumoristlar" jamoasi, Jizzax davlat pedagogika institutining "Jizzaxlik jiyanlar" jamoasi, Guliston davlat universtitetining "Bojalar" jamoasi, Samarqand veterinariya meditsina institutining "Maroqand" jamoasi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Kengashining "Yangiyer yoshlari" jamoalari ishtirok etishdi. Tanlov juda qiziqarli bo'lib o'tdi. Natijalarga ko'ra: 1-o'rin: Guliston davlat universtitetining "Bojalar" jamoasi 2-o'rin: Jizzax davlat pedagogika institutining "Jizzaxlik jiyanlar" jamoasi 3-o'rin:Samarqand veterinariya meditsina institutining "Maroqand" jamoasi 4-o'rin:Jizzax politexnika institutining "Yumoristlar" jamoasi 5-o'rin: O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Kengashining "Yangiyer yoshlari" jamoasi qo'lga kiritdi.  

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov