2019-yilning 29-aprel kuni Jizzax viloyatda tashkil etilgan  "Sog'lom oilam mening, qo'rg'onim mening" shiori ostida  sport musobaqasi bo'lib o'tdi.  Unda Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Azimova Sitora turmush o’rtog’i hamda ikki nafar farzandi bilan, “Oliy matematika” kafedrasi o’qituvchisi Haydarov To’lqin turmush o’rtog’i va ikki nafar farzandi bilan ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko’ra Jizzax politexnika instituti “Oliy matematika” kafedrasi o’qituvchisi Haydarov To’lqin oilasi faxrli 3-o’rinni egallab, Respublika bosqishiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov