Stipendiyalar

Stipendiyalar

Oliy ta‘lim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari

Т/r Talabalar toifasi
(xorijiy talabalardan tashqari)
Miqdori
(bir oyda so‘m)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalariga 1 692 702
2. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalariga 1 128 468
3. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyaning bazaviy miqdori 400 000
4. Barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho (reyting ko‘rsatkichi 86 balldan kam bo‘lmagan) bo‘lgan talabalarga tayinlanadigan stipendiya miqdori 460 000
5. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” yoki “a’lo” va “yaxshi” baho bo‘lgan yoki jamoat ishlarida faol yoki ijtimoiy homoyaga muhtoj talabalarga tayinlanadigan stipendiyaning miqdori 690 000 gacha
6. Iqtidorga ega, halqaro, respublika va oliy ta‘lim muassasasi miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari g‘olibi bo‘lgan talabaga alohida tayinlanadagan qo‘shimcha stipendiyaning miqdori:

xalqaro miqyosidagi olimpiada g‘olibi

respublika miqyosidagi olimpiada g‘olibiga

oliy ta’lim muassasasi miqyosidagi olimpiada g‘olibiga

 

 

200 000

100 000

60 000

7. Kar-soqov, ko‘zi ojiz hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga stipendiya belgilangan stipendiyaga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi.

2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun stipendiyalarning bazaviy miqdorlari

Т/р Talabakar toifasi
(xorijiy talabalardan tashqari)
Miqdori
(bir oyda so‘m)
1. Oliy ta’lim muassasalari talabalari 752 312
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar 816 426
3. Davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onalar vasiyligisiz qolgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar 717 882
4. Baynalmilal burchini bajarishda yarador bo‘lish, kontuziya, jarohatlanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilari sirasiga kiruvchi talabalar 852 716
5. Sobiq baynalmilalchi jangchilar sirasiga kiruvchi talabalar 816 426
6. Oliy o‘quv yurtlarida matematika, amaliy matematika va informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar 818 758
7. Kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga stipendiya belgilanganga nisbatan 50 foiz yuqorida nazarda tutiladi