Joriy yilning 15-iyun kuni "Elektromexanika va radioelektronika" fakultetining "Elektroenergetika" yo'nalishi talabalarini Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi yangi qurilayotgan sement zavodiga ishga taklif qilish maqsadida Xitoydan mutaxassislar kelib imtixon olishdi. Imtixondan 7 nafar talaba muvaffaqiyatli o'tishdi imtixondan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar Tojikiston Respublikasiga 5 oylik o'qishga malaka oshirishga yuboriladi. O'qish jarayonida barcha harajatlar kompaniya tomonidan qoplanadi. O'qish tugagandan keyin Zafaroboddagi sement zavodida o'z ish faoliyatini boshlashadi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov