Jizzax politexnika institutida 17 noyabr  “Xalqaro talabalar kuni”ni o’tkazish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi.  Erta tongdan institutga kirish qismida fakultet dekanlari va O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut b.t.yetakchilari barcha talabalarni tantanali kutib olib, bayram stikerlari tarqatildi. Shuningdek, “Eng omadli talaba” loyihasi doirasida institutga birinchi kirib kelgan talaba bayramona kutib olinib, sovg’alar bilan taqdirlandi. Institut texnoparkiga ovoz kuchaytirgich moslamalarini o’rnatildi va talabalik, Vatan madhi kabi musiqa sadolari ostida talabalar institutga kirib kelishdi. Institut asosiy va yangi binolari foyesida O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut b.t. yetakchilari tomonidan “Siz ularni taniysizmi?” loyihasi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi, institut rahbarlari va O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut yetakchisi rasmlari qo’yilib,  talabalardan so’rov o’tkazildi. Shuningdek, “Talabalik oltin davrim” nomli “Tilaklar xaritasi” loyihasi ham amalga oshirilib, talabalar o’zlarining ezgu tilaklarini yozishdi. Institut sport maydonlarida “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi hamda g’oliblar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Bundan tashqari bayram dasturi doirasida institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti xonasida fakultetlarning eng iqtidorli talabalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yinlarini tashkil etildi. “Madaniyat saroyida” “Talabalik oltin davrim” mavzusida bayram dasturi bo’lib o’tdi. Unda yil davomida a’lo baholarga o’qigan hamda yuqori natajalarga erishgan Davlat stipendiasi sohiblari, fan olimpiadasi sovrindorlari va institut miqyosida o’tkazilgan “Yil talabasi” ko’rik-tanlovi g’oliblari diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi [gallery ids="2868,2869,2870,2871,2872,2873,2874,2875,2876,2877,2878,2879,2880,2881,2882,2883,2884,2885,2886,2887,2888"]