2019-yil 4-sentyabr kuni Jizzax politexnika instituti "Avtotransport" va "Elektromexanika va radioelektronika" fakultetlari 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan "Mustaqillik darsi" o'tkazildi. Ushbu mustaqillik darsida fakultetlar dekanlari, guruh murabbiylari va 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ma'ruzachilar tomonidan Mustaqillik, uning mazmun-mohiyati, qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, institutda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, fakultetlar, yo'nalishlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tildi.

       Jizzax politexnika instituti matbuot kotibi  Jahongir Tulakov