2019 yil 21 yanvar kuni Jizzax politexnika institutida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda  Jizzax viloyat hokimligi Diniy va jamoat tashkilotlari bilan ishlash kotibiyati mudiri Nurali Raimov, Davlat  xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi Mustafoev Isomiddin, Jizzax shahar “Nabijon” jome masjidi imom-xatibi Ulug‘bek Raimjanovlar ishtirok etishdilar. Tadbirni Jizzax politexnika instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori N.Alimov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi №87-03-283-sonli xatiga asosan ta’lim muassaksalari professor-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-talabalari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” kabi mavzularda davra suhbati va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilganligi, shu munosabat bilan bugun institutimizda viloyatimizdagi hamkor tashkilotlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilayotganligini ta’kidlab, yig‘ilganlarga tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtirdi hamda so‘z navbatini Jizzax shahar “Nabijon” jome masjidi imom-xatibi U.Raimjanovga berdi. Jizzax shahar “Nabijon” jome masjidi imom-xatibi U.Raimjanov o‘z ma’ruzasida bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, YAqin sharq va arab davlatlarida ro‘y berayotgan hodisalar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganligini, bu tartibsizliklar va fuqorolar urushidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, mazkur davlatlarni o‘zlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va sha’nini bulg‘ashda davom etayotganliklarini ta’kidlab o‘tdi. Dinimizning tinchlik dini ekanligi unda tinslik va osoyishtalikka nechog‘lik e’tibor berganligini Qur’oni Karim va hadisi shariflardan misollar keltirish orqali ta’kidlab o‘tdi. Jizzax viloyat hokimligi Diniy va jamoat tashkilotlari bilan ishlash kotibiyati mudiri N.Raimov - o‘z so‘zida, tinchlik va osoyishtalik o‘zvro dinlararo va millatlararo muloqot va o‘zaro hamkorlikni talab etishi yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek “...hushyorlik, ogoh bo‘lib yashash – bu bir kunlik ish yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki  kundalik ish, kundalik amaliy harakat bo‘lishi lozim ”gi, bu masalada nafaqat din arboblari, imom-xatiblar va ta’lim muassasalari oldidagi balki barchamizning birdek muhum vazifamiz ekanligini unutmasligimiz lozim dedi. Ma’ruzasini yakunlar ekan N.Raimov “Iroq va SHom islom davlati” ISHID deb nom berilgan terroristik tashkilot haqida, ularning buzg‘unchi g‘oya va olib borgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib, jumladan, tashkilot tomonidan amalga oshirilgan bir qator xunrezliklaridan misollar keltirdi. Murabbiylar kengashi raisi M.Xamidov - diniy ekstremizm, terrorizm tahdidini oldini olish maqsadida ogohlikka chaqirib o‘tdi. Hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot hurujlari orqali ta’sir qilishga urinishlar ko‘p bo‘layotganligi, bu esa har birimizni doimo ogoh bo‘lishga chorlashi zarurligini anglatadi deya ta’kindladi. SHuningdek, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lish, uning o‘rniga ilm-ma’rifat bilan shug‘ullanish, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishga da’vat etdi. Talabalar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiyning qalamiga mansub “Padarkush” asaridan  hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan yoshlar tarbiyasi borasidagi so‘zlaridan parchalar keltirdi hamda barcha talabalarga ushbu asarni o‘qishni tavsiya qildi. Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi I.Mustafoev – o‘z ma’ruzasida tadbir ishtirokchilariga din hamisha insonlarni yaxshilikka, ezgu maqsadlarga chorlagan. Islom dini bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifatdir. SHu bois keyingi davrda musulmonlarning e’tiqodi va diniy ekstremistlar va terrorchilar tomonidan islom bayrog‘i ostida amalga oshirilayotgan jinoyatlar ularning haqiyqiy qiyofasini namoyon qilmoqda dedi. Bugungi kunda yoshlar ongini buzishga, ularni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga qaratilgan turli xurujlar, jumladan, ota-ona va uztozlarga bepisandlik, loqaydlik kabi illatlar hamda ularning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. [gallery ids="4007,4006,4005,4004,4003,4002,4001,4000,3999,3998,3997,3996,3995,3994,3993,3992,3991,3990"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim