2018 yilning   19-dekabr kuni KMB va KT kafedrasi  tomonidan  14-yanvar «Vatan ximoyachilari kuni», xamda «Qurolli kuchlar tashkil kilinganligining 27 yilligi» munosabati  bilan  institut talabalar turar joyida  sportning shaxmat  turi bo‘yicha musobaqa   o‘tkazildi. Musobaqaga  viloyat shaxmat federatsiyasi vakili Xasanboy Irgashev  xamda Arxitektura va qurilish fakulteti  madaniy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari  Jamol  O‘sarov   taklif qilindi. Tadbir yotoqxona talabalari o‘rtasida qizg‘in munozara  va xushchaqchaqlik bilan davom ettirildi. Bo‘lib o‘tgan  musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni  “Arxitektura va qurilish” fakulteti talabasi Tursunkulov Nodirbek, 2-o‘rinni  “Arxitektura va qurilish” fakulteti talabasi Eshpulatov Eldor va 3-o‘rinni “Servis” fakulteti talabasi Boymurodov Fayoz egalladi. Institut rektori tomonidan tasdiqlangan diplom xamda estalik sovg‘alari “QMBKT” kafedrasi o‘qituvchilari xamkorligida institut yoshlar bilan ishlash prorektori N.Alimov xamda “Arxitektura va Qurilish” fakulteti dekani A.Bedikulov sovrindorlarga topshirdi. Tadbirda estalik uchun suratga tushildi, talabalarning kelgusidagi o‘qishlariga muvoffaqiyatlar tilab qolindi.