29-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi(НАПУ)ning Jizzax politexnika institutida yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish institut yangi binosi konferensiyalar zalida soat 11:00 da boshlandi. Yig’ilishda Temur Shukurov(O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Jizzax viloyatida “Ilg’or hudud” sinov loyihasi “Biznes-Inkubator” bo’limi menedjeri), Aziz G’aybullayev (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i), Subanova Ol’ga (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi xorijiy konsultanti) so’zga chiqdilar . Yig’ilish uzbek va rus tillarida bo’lib o’tdi. Shuningdek, yig’ilishda 200 dan ortiq Jizzax Politexnika va Jizzax Pedagogika institut talabalari ishtirok etishdi. Yig’ilishda faol qatnashgan talabalar Jizzax viloyatining logotipi tushirilgan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov