Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть


Metrologiya va standartlashtirish

«Metrologiya va standartlashtirish» kafedrasi mudiri

Qo’ziyev Botir Namozovich

E-mail: dgpi_info@edu.uz

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

«Metrologiya va standartlashtirish» kafedrasi

«Metrologiya va standartlashtirish» kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2014 yil 12- iyundagi  «Vazirlar Maxkamasining «Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillshtirish to’g’risida» 2012 yil 29-iyundagi 187-sonli qaroriga o’zgartirish kiritish haqida»gi 157-sonli qaroriga ko’ra institut rektorining 2014 yil 27-iyundagi 17 AF sonli buyrug’i asosida tashkil etildi. kafedrani t.f.n., dots. Islomov R.R. boshqarib kelgan.

Hozirgi kunda kafedrani Qo’ziyev B. raxbarlik qilib kelmoqda

Kafedrada 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar; 4 nafar katta o’qituvchi va 7 nafar assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedrada asosan bakalavriatning «Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti» ta’lim yo’nalishi bo’yicha taxsil olayotgan talabalarga mutaxassislik fanlaridan mashg’ulotlar olib boriladi. Integratsiyalashuv bugungi kundagi muxandislarni tayyorlash sifatini yaxshilash va ishlab chiqarishga moslashuvini tezlashtirishga yordam beradi hamda ishlab chikarishdagi malakali mutaxassislarni jalb etgan holda zamon talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash imkonini beradi.

Shu maqsadda o’quv rejasidagi «Standartlar va me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi», «Maxsulot sifati nazorati va sinov qurilmalari», «Me’yoriy nazorat va texnikaviy xujjatlarning metrologik ekspertizasi» va boshqa mutaxassislik fanlari «Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti» yo’nalishi talabalariga «O’zstandart» agentligi «Jizzax standartlashtirish va metrologiya» boshqarmasi bazasida o’tkazilmoqda.

Kafedra yosh o’qituvchisi Isroilov F. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n. Q.Imomqulov rahbarligida «Tuproq degardatsiyasini baholash usullarini takomillashtirish va uning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash» mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi tomonidan e’lon qilingan «2014-2015 yillarda bajariladigan yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy texnika dasturini shakllantirish uchun ilmiy loyihalar» mavzusidagi tanlovda g’olib deb topildi. Loyiha 2014-2015 yillarga mo’ljallangan bo’lib,  50 mln. so’m mablag’ ajratilgan.

Kafedra o'qituvchilari


Abduraxmonov Aziz Abduxoliqovich

Ma'lumoti: oliy, : ToshDAU mexanizattsiya fakulьteti oliy. 2000 y.
Magistratura: Tosh DAU 2000 yil “mexanizattsiya ” fakulьtetini tamomlagan.
Aspirantura: Yo'q

Isroilov Faxriddin Murodqosimovich

Ma'lumoti: oliy, Jizzax politexnika instituti, 2003 y. Agroinjeneriya bakalavri
Magistratura: Jizzax politexnika instituti, 2005 y. Dexqonchilikni mexanizatsiyalashtirish magistri
Aspirantura: O’zMEI 2009.

Qo’ziev Botir Namozovich

Ma'lumoti: oliy, Samarqand Davlat Universiteti, matkmatika fakulьteti, matematik
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: O’Zbekiston Fanlar akademiyasi, Kibernetika instituti – 1986-89 yillar.

Raxmonov Furqat Abduxakimovich

Ma'lumoti: oliy, Muxandis mexanik. 1997 y.
Magistratura: Jizzax Politexnika instituti 1997 yil Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash
Aspirantura: Yo'q

Usmonjonova Xulkar Umarqulovna

Ma'lumoti: oliy, JizPI “OOMT” bakalavr yo’nalishini tamomlagan.
Magistratura: ”OOMT” mutaxassisligini tamomlagan.
Aspirantura: Yo'q

SHertaylaqov G’ayrat Murodovich

Ma'lumoti: oliy, A.Navoiy nomidagi SamDU 1990 yil “Fizika” fakulьtetini tamomlagan.
Magistratura: A.Navoiy nomidagi SamDU 1990 yil “Fizika” fakulьtetini tamomlagan.
Aspirantura: Yo'q

Eshonkulov Murodulla Ziyodullaevich

Ma'lumoti: oliy, : A.R.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulьtetini 1986 yilda tamomlagan.
Magistratura: : A.R.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulьtetini 1986 yilda tamomlagan.
Aspirantura: Yo'q

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar