O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar

  • Bosh sahifa
  • -
  • O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar

O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar

«O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudirifalsafa fanlari nomzodi, dotsent. Qulmatov Primqul Meliqo`zievich

Tel.:  +99891-568-64-67

E-mail: pqulmatov@umail.uz

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

«O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar» kafedrasi tarixi.

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. O’zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. «O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar» kafedrasida ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’yicha o’quv- uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy – tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

Kafedra o’quv yuklamasi hajmi 18988 soatni tashkil etadi, bundan ma`ruza 2971 soatni tashkil etadi. O`quv yili uchun kafedra o`qituvchilarining shtat birligi 22,5 belgilandi. Qo`shimcha o`quv texnik xodimlar soni 1 kishi tasdiqlangan. Ularning 3 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 8 nafari katta o’qituvchi, 15 nafar assistentlardan iborat bo’lib, ilmiy salohiyat 2,5% ni tashkil qiladi.

Bugungi kunda quyidagi tashkilotlar va kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.

Samarqand davlat universiteti, Jizzax viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi,

viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Yoshlar ittifoqi” viloyat bo’limi, Jizzax Davlat Pedagogika Instituti, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi.

Innovatsion g’oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar tizimli olib borilmoqda. Jumladan, kafedra dotsenti J.Bobanazarova A-2-29 “Mehnat bozorining samarali rivojlanish istiqbollari” mavzusida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikdagi 106 million so’mga mo’ljallangan amaliy grant loyihasi bajarilmoqda.