Umumtexnika fanlari

Umumtexnika fanlari

«Umumtexnika fanlari» kafedrasi mudiri

texnika fanlari nomzodi, dotsent Igamberdiyev Xolmurat Xaydarovich

Tel.: 72 226-45-47

E-mail: dgpi_info@edu.uz

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha.

«Umummuxandislik fanlari» kafedrasi

«Umumtexnika fanlari» kafedrasi institut rektorining 2014 yil 27-iyundagi № 17 AF sonli buyrug’i asosida «Umummuxandislik fanlari, metrologiya va standartlashtirish» kafedrasi tarkibidan ajralgan xolda “Umummuhandislik fanlari” kafedrasi, 2015 yilning fevral oyidan boshlab “Umumtexnika fanlari” kafedrasi tashkil etildi.

KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriat: Kafedrada «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi», “Nazariy mexanika”, “Texnik mexanika”, “Amaliy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Qurilish mexanikasi”, “Mashina detallari” kabi fanlar o’tiladi. O’tiladigan barcha fanlardan o’quv jarayonida mos xolda uslubiy materiallar tayyorlangan.

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI

Hozirgi vaqtda kafedrada 20 shtat birligi bo’lib, uch nafar fan nomzodi, dotsent, sakkiz nafar katta o’qituvchi va to’qqiz nafar assistentlar faoliyat olib borishmoqda.
1 Igamberdiyev Xolmurod dotsent
2 Mirzaqobilov Norquzi dotsent
3 Xolbo’tayev Usmon katta o’qituvchi
4 Abdug’aniyev Abdumannon katta o’qituvchi
5 Bultakov Tursunqul katta o’qituvchi
6 Axmedov Burxon katta o’qituvchi
7 Soatov Anvar katta o’qituvchi
8 Muxitdinov Abduvali katta o’qituvchi
9 Quvondiqov Yoqub katta o’qituvchi
10 Gapparov Behzod katta o’qituvchi
11 O’razaliyev Faxritdin assistent
12 Aynaqulov Xusniddin assistent
13 Nabixo’jayeva Nargiza assistent
14 Soatov Sharof assistent
15 Rasulov Azamat assistent
16 Muxitdinov Abduvaxob assistent
17 Igamberdiyev Dilshod assistent
18 Norbekov Nodir assistent
19 Raximov Furqat assistent

«Umumtexnika fanlari» kafedrasida 9 nafar professor – o’qituvchi akademik guruxlarda murabbiylik ishlari olib borishadi. Bundan tashqari turli xil kechalar, talabalar uyida kafedra kunlari, muzey va kinoteatrlarga madaniy xordiq chiqarishda kafedra-professor o’qituvchilari va talabalar faol ishtirok etib kelishmoqda.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

Kafedraning yosh o‘qituvchilaridan N.Nabixo‘jaeva qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutining etakchi professor olimi, t.f.d. A.To‘xtaqo‘ziev ilmiy rahbarligida, 05.07.01- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “YUqori quvvatli traktorlarda keng qamrovli chizel-kultivator ishlab chiqishning ilmiy texnik echimlari” mavzusida, SH.Soatov qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutining etakchi professor olimi, t.f.d. A.To‘xtaqo‘ziev ilmiy rahbarligida, 05.07.01- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari ish ko‘rsatkichlarini oshirishning ilmiy-texnik echimlari” mavzusida, A.Rasulov qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutining etakchi olimi, t.f.d. K.D.Ostanakulov ilmiy rahbarligida 05.07.01- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “Dukkakli don ekinlari urug‘ini bir bosqichda tozalab olishning ilmiy-texnikaviy echimlari” mavzusida, D.Igamberdiev qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutining akademigi, t.f.d. A.X.Xodjiev ilmiy rahbarligida 05.07.01- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “Kanop o‘rish kombayni urug‘ sidiruvchi barabanining parametrini aniqlash” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil tadqiqotchi sifatida davom ettirishmoqda.
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR
Joriy yilga qadar kafedrada 15 dan ziyod ilmiy-uslubiy ishlar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan chop etildi.

PATENT